AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp inaugurasiyasidan so‘ng mamlakatda importga bojlar joriy etish uchun iqtisodiy favqulodda holat e’lon qilishi mumkin.
Bu haqda CNN telekanali xabar berdi.
"Saylangan prezident Donald Tramp ittifoqchilar va dushmanlar importiga ko‘p sonli umumiy tariflarni qonuniy asoslash uchun milliy iqtisodiy favqulodda holat e’lon qilish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda”, — deb xabar berdi telekanal.
Tramp Qo‘shma Shtatlarda iqtisodiy favqulodda holat e’lon qilingan taqdirda davlat rahbariga importni shaxsan nazorat qilish imkonini beradigan Xalqaro favqulodda iqtisodiy vakolatlar to‘g‘risidagi qonunni (IEEPA) qo‘llashga moyil.