Bugun 21 noyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Tramp Ilon Maskka javob qaytardi

Tramp Ilon Maskka javob qaytardi

AQSh prezidenti Donald Tramp milliarder Ilon Maskning MAGA harakati tarafdori emasligi haqidagi bayonotiga munosabat bildirdi.

NBC News telekanaliga telefon orqali bergan intervyusida Amerika rahbari Maskni hamon o‘z do‘sti deb hisoblashini aytdi. Biroq u MAGA siyosiy yo‘nalishidan chetlashish oqibatlari haqida ham ogohlantirdi.

"U mening do‘stim. Men uchun MAGA aniq bir ma’noni anglatadi. Odamlar bu yo‘ldan chetga chiqishsa, odatda ularning ishlari yaxshi bo‘lmaydi", — dedi Tramp.

Prezident Maskning niyatlari yaxshi ekanini ham ta’kidladi.

"Ilonning niyatlari juda yaxshi. Axir u shu vaqt davomida men bilan birga bo‘ldi, safarlarimda ham hamrohlik qildi", — deya qo‘shimcha qildi u.

Bundan avval Mask The New York Times tomonidan tashkil etilgan DealBook Summit tadbirida o‘zini MAGA tarafdori deb hisoblamasligini ma’lum qilgan edi.

"Men MAGA tarafdori emasman. Agar bu Respublikachilar partiyasining siyosiy yo‘nalishiga ko‘r-ko‘rona ergashishni anglatsa, men, albatta, bunday odamlar qatoriga kirmayman", — dedi milliarder.

Mask AQShdagi oraliq saylovlarda respublikachilarni qo‘llab-quvvatlash uchun qariyb 500 million dollar sarflagan. U bu qarorini mamlakatda siyosiy kuchlar o‘rtasida muayyan muvozanat saqlanishi zarurligi bilan izohladi.

Biznesmenning fikricha, prezidentlik lavozimi, Senat va Vakillar palatasining bir vaqtning o‘zida bitta partiya nazoratida bo‘lishi maqsadga muvofiq emas.

Mask 2024 yilgi prezidentlik saylovlarida ham Tramp kampaniyasini qo‘llab-quvvatlash uchun 250 million dollardan ortiq mablag‘ ajratgan.

Shuningdek, u Kongressdagi respublikachilarni qo‘llab-quvvatlovchi siyosiy qo‘mitalarga yirik xayriyalar qilgan. Jumladan, Senatga nomzod Ken Pakstonni qo‘llovchi guruhga shaxsiy mablag‘laridan 150 million dollardan ortiq pul o‘tkazgan.

Mask Xitoydagi Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorligi sammitida ham Tramp delegasiyasi tarkibida ishtirok etgan.

Kiritildi: 11:25 20.11.2026. O'qildi: 732 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik