AQSh prezidenti Donald Tramp Hindiston bosh vaziri Narendra Modini “juda chiroyli yigit” deb atadi va unga muhabbatini izhor qildi, deb xabar berdi Bloomberg.
«Men Bosh vazir Modini katta hurmat qilaman va sevaman», — dedi Amerika yetakchisi Janubiy Koreyada bo‘lib o‘tgan Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorligi (APEC) sammitida so‘zlagan nutqida.
Oq uy rahbari, shuningdek, Modini “eng yoqimtoy yigit” deb atab, Hindiston bosh vaziri “ota sifatida xohlaydigan insonga o‘xshaydi”, deb qo‘shimcha qildi.