AQSh prezidenti Donald Tramp Qorbobo haqida hazil aralash bayonot berdi. Uning aytishicha, Amerika tomoni Qorboboni kuzatib boradi va uning «yaxshi» ekani hamda mamlakatga «yomon Qorbobo» kirib kelmayotganiga ishonch hosil qiladi.
Bu so‘zlar Tramp tomonidan xavfsizlik va nazorat mavzusidagi chiqish paytida aytildi va ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamaga sabab bo‘ldi.