Bugun 4 sentyabr, 2026 yil, juma

КИР

Tramp Yevropa Ukraina uchun sarflangan mablag‘larni AQShga qaytarishi kerakligini aytdi

Tramp Yevropa Ukraina uchun sarflangan mablag‘larni AQShga qaytarishi kerakligini aytdi

AQSh prezidenti Donald Tramp Yevropa mamlakatlaridan Jo Bayden ma’muriyati Ukrainaga harbiy yordam uchun sarflagan mablag‘larni qaytarishni talab qilishini bildirdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Bayden ma’muriyati Kiyevga AQSh Eronda ishlatganidan ancha ko‘p miqdorda o‘q-dori va qurol-yarog‘ bepul taqdim etgan. Tramp, shuningdek, Ukraina va NATOga yuzlab milliard dollar mablag‘ tekinga berilganini ta’kidladi.

"Evropa, agar undan bu haqda so‘ralganida, bularning barchasi uchun o‘zi to‘lashi mumkin edi. Ammo biz bu pullarni, biroz kech bo‘lsa ham, baribir talab qilamiz!" — deb yozdi Tramp Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida.

Kiritildi: 23:51 03.09.2026. O'qildi: 275 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!