Bugun 17 yanvar, 2026 yil, shanba

КИР

Tramp Eronga zarba berishdan voz kechishiga arab davlatlari ta’sir ko‘rsatganini rad etdi

Tramp Eronga zarba berishdan voz kechishiga arab davlatlari ta’sir ko‘rsatganini rad etdi

Uning aytishicha, qaror mustaqil ravishda qabul qilingan.

"Hech kim meni ko‘ndirgani yo‘q. Men o‘zim shunday qarorga keldim", — degan Tramp jurnalistlar bilan suhbatda.

AQSh prezidentining so‘zlariga ko‘ra, qarorga Eron hukumati 15 yanvarga rejalashtirilgan 800 dan ortiq o‘lim jazosini bekor qilgani jiddiy ta’sir ko‘rsatgan.

Avvalroq AFP agentligi Saudiya Arabistoni, Qatar va Ummon rasmiylari Trampni Eronga hujum qilmaslikka ko‘ndirganini xabar qilgan edi. Eron tomoni ham AQSh prezidenti Tehronni hujum bo‘lmasligi haqida ogohlantirganini bildirgan.

Shu bilan birga, Tramp AQSh Eron hukumatining mamlakat ichida hukumatga qarshi namoyishlarni bostirayotgani sababli bir nechta qat’iy choralarni, jumladan harbiy zarba berish variantini ham ko‘rib chiqqanini aytgandi.

Kiritildi: Bugun 17:05. O'qildi: 208 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!