Qo‘shma Shtatlar bilan oraliq muzokaralar davomida Eron uranni hatto tinch maqsadlarda ham boyitmaslikka rozi bo‘ldi.
AQSh prezidenti Donald Tramp bu bayonotni jurnalistlar bilan suhbatda aytdi.
U Tehron va Vashington 15 ta band bo‘yicha kelishuvga erishganini ta’kidladi.
"Ular hech qachon yadroviy qurolga ega bo‘lmaydilar, bu birinchi band. Birinchi, ikkinchi va uchinchi bandlar... Ular bunga rozi bo‘lishdi", dedi Tramp.
Avvalroq AQSh prezidenti Tramp Eron bilan bugunga belgilangan yangi muzokaralar bosqichini e’lon qilgan edi.