Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Tramp Eron hujumi borasida yolg‘on ma’lumot bergani ma’lum bo‘ldi

Tramp Eron hujumi borasida yolg‘on ma’lumot bergani ma’lum bo‘ldi

AQSh Markaziy qo‘mondonligi (CENTCOM) amerikalik 11 harbiy Iroqdagi bazalariga berilgan zarba natijasida jabrlanganini tasdiqladi.

AQShdagi harbiy manbalarga asoslanib, Defence One nashri ilgari 8 yanvar kuni otishma paytida AQShning11 askarining yaralanganini, ular miya chayqalishida gumon qilinganligini yozgan. Ta’kidlanishicha, harbiylar chayqalishni davolash va keyingi tekshiruv uchun Kuvayt va Germaniyaning Landshtule kasalxonalariga evakuasiya qilingan.

"Ushbu qo‘shinlar xizmatga yaroqli deb topilganda Iroqqa qaytishi kutilmoqda", dedi RIA Novosti agentligiga CENTCOM vakili kapitan Bill Erban.

Eron Bag‘dodda general Qassam Sulaymoniyning uldirilishiga javoban 8-yanvar kuni AQSh bazalariga 15ga yaqin raketa bilan zarba bergan edi. 

Prezident Donald Tramp va Pentagon tomonidan aytilgan rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, AQSh qo‘shinlari orasida qurbonlar bo‘lmagan.

 

Ma’lumot uchun, Tramp oldinroq Eronning hujumi natijasida hech kim jabrlanmaganini ma’lum qilgandi.

Kiritildi: 10:49 17.01.2020. O'qildi: 6047 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!