Bugun 19 fevral, 2026 yil, payshanba

КИР

Tramp: Eron bilan yaxshi muzokaralar ketmoqda

Tramp: Eron bilan yaxshi muzokaralar ketmoqda

AQSh prezidenti Donald Tramp Vashington Eron bilan “yaxshi muzokaralar” olib borayotganini ma’lum qildi. U mamlakat atrofidagi keskin vaziyat fonida amerikalik muzokarachilar faoliyatini qayd etdi.

Tramp bu haqda Vashingtonda G‘azo bo‘yicha Tinchlik kengashining birinchi yig‘ilishida so‘z yuritib, amerikalik muzokarachilar — Stiv Uitkoff va Jared Kushner faoliyatiga to‘xtaldi.

“Ularda juda qiziq uchrashuvlar bo‘ldi. Bilasiz, hozir Eron keskin nuqta hisoblanadi. Ular uchrashmoqda va Eron vakillari bilan yaxshi munosabatlarni saqlab turibdi. Yaxshi muzokaralar ketmoqda”, — dedi Tramp.

Prezident so‘nggi yillarda Eron bilan haqiqatan mazmunli kelishuvga erishish oson emasligi ayon bo‘lganini ta’kidladi.

Kiritildi: Bugun 20:24. O'qildi: 237 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!