Bugun 27 noyabr, 2026 yil, juma

КИР

Tramp: "Eron bilan urush ko‘p foyda keltiradi"

Tramp: "Eron bilan urush ko‘p foyda keltiradi"

Qo‘shma Shtatlar Eronga qarshi harbiy operasiya xarajatlarini bir necha bor qoplaydi.

AQSh prezidenti Donald Tramp bu haqda jurnalistlar bilan suhbatda ma’lum qildi.

"Venesuela misolida urush o‘zini bir necha bor oqladi va Eron bilan ham shunday bo‘ladi", dedi Amerika yetakchisi.

Trampning so‘zlariga ko‘ra, AQSh Venesueladan "milliardlab dollar" olmoqda.

AQSh prezidenti shuningdek, Vashingtonning Eron bilan tinchlik kelishuviga erishish imkoniyati borligiga ishonadi. "Ular uchrashishni xohlashdi, shuning uchun biz uchrashyapmiz. Nima bo‘lishini ko‘ramiz; kelishuvga erishish imkoniyati bor", deb ta’kidladi u.

Iyul oyi boshida AQSh harbiy vaziri Pit Xegset AQShning Islom Respublikasiga qarshi harbiy operasiyaga sarflagan xarajatlari taxminan 37,5 milliard dollarni tashkil etganini aytgan edi.

Kiritildi: 08:30 28.07.2026. O'qildi: 1455 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik