Jenevada AQSh va Eron o‘rtasida Tehronning yadroviy dasturi bilan bog‘liq inqirozni hal qilish bo‘yicha muzokaralar arafasida AQSh prezidenti Donald Tramp Eron bilan kelishuvga erishishni xohlashini bayon qildi.
Bu haqda xorijiy OAVlarga tayanib xabar berilmoqda.
«Men muzokaralarda bilvosita ishtirok etaman va ular juda muhim bo‘ladi», — dedi Tramp «Air Force One» samolyoti bortida jurnalistlarga bergan bayonotida.
Muzokaralarda AQSh delegasiyasiga maxsus vakillar Stiv Uitkoff va Jared Kushner, Eron tomoniga esa tashqi ishlar vaziri Abbos Araqchi rahbarlik qilmoqda. Vositachi sifatida yana Ummon tashqi ishlar vaziri Badr al-Busaidiy ishtirok etmoqda. Muzokaralarning avvalgi raundi Masqatda bo‘lib o‘tgan edi.