Bugun 30 mart, 2026 yil, dushanba

КИР

Tramp Eron AQSh shartlarining aksariyatiga rozi bo‘lganini aytdi

Tramp Eron AQSh shartlarining aksariyatiga rozi bo‘lganini aytdi

AQSh prezidenti Donald Trampning aytishicha, Eron urushni yakunlash uchun taklif etilgan shartlarning katta qismiga rozilik bildirgan, biroq Vashington yana bir nechta qo‘shimcha talablarni ilgari surmoqchi.

«Ular bizning aksariyat shartlarimizga rozi bo‘lishdi. Biz 15 ta shart qo‘ygan edik va ularning ko‘pchiligi qabul qilindi, endi esa yana bir nechta qo‘shimcha bandlarni qo‘shmoqchimiz», — dedi Tramp jurnalistlarga.

Avvalroq Eron AQSh shartlarini rad etganini va o‘z navbatida qarshi talablar ilgari surganini ma’lum qilgan edi. Eronning talablari orasida Ho‘rmuz bo‘g‘ozi ustidan nazoratni saqlab qolish, AQSh tomonidan tovon to‘lash va Eronga qarshi yangi hujumlarga yo‘l qo‘ymaslik kafolatlari ham bor.

Kiritildi: Bugun 13:10. O'qildi: 559 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!