AQSh prezidenti Donald Tramp Oq uyda AQSh va YEI o‘rtasidagi savdo aloqalari haqida fikr bildirish chog‘ida shunday bayonot berdi.
Amerika rahbari AQSh va Xitoy o‘rtasidagi savdo kelishuvini ta’kidlab, "Evropa Ittifoqi ko‘p jihatdan Xitoydan ham yomonroq", dedi.
"Ular sezilarli darajada yon berishadi. Ko‘rasiz. Hamma kozirlar bizning qo‘limizda. Ular bizga nisbatan juda adolatsiz munosabatda bo‘lishmoqda", deya ta’kidladi Tramp.
Oq uy rahbari, xususan, Yevropa Ittifoqidan AQShga avtomobillar va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetkazib berilishini tilga oldi.
Trampning Yevropa tovarlariga qo‘yilgan bojlarni bekor qilish bo‘yicha Vashington bilan olib borilgan bir necha davr muzokaralariga qaramay, Yevropa Ittifoqi hali sezilarli natijaga erisha olmadi. YI AQSh prezidentini Yevropa Ittifoqiga qarshi joriy etilgan va rejalashtirilgan tariflarni bekor qilishga ishontirish uchun Amerika samolyotlari va avtomobillari eksportiga bojlar joriy etish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.