Bugun 12 avgust, 2025 yil, seshanba

КИР

Tramp BRICS davlatlari uchun 10 foizlik maxsus boj joriy qilmoqchi

 Tramp BRICS davlatlari uchun 10 foizlik maxsus boj joriy qilmoqchi

"BRICS'ning antiamerika siyosatiga qo‘shilgan har qanday mamlakat uchun qo‘shimcha 10 foizlik savdo tarifi joriy qilinadi. Bu siyosatda hech qanday istisno bo‘lmaydi!" — deb yozdi AQSh prezidenti o‘zining Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida.

Bundan bir necha soat oldin BRICS davlatlari sammitida Trampning boj to‘lovlarini tanqid qilingan edi. Rio-de-Janeyroda bo‘lib o‘tayotgan sammit deklarsiyasida "savdo munosabatlarini buzuvchi va JST qoidalariga zid bo‘lgan bir tomonlama tarif va notarif choralarning ko‘payayotganidan jiddiy xavotir" bildirilgan. Hujjatda AQSh yoki uning prezidenti to‘g‘ridan-to‘g‘ri tilga olinmagan.

Ma’lumot uchun, hozirda BRICS tarkibiga Braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy, Janubiy Afrika Respublikasi, Eron, Misr, Efiopiya va Birlashgan Arab Amirliklari va Indoneziya davlatlari kiradi. Bugungi kunda mazkur blokka kiruvchi mamlakatlarda dunyo aholisining qariyb yarmi yashaydi va ularning umumiy iqtisodiy hajmi jahon iqtisodiyotining 40 foiziga yetgan.

Kiritildi: 12:15 07.07.2025. O'qildi: 768 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!