Amerika ma’muriyatining barcha mamlakatlarga nisbatan o‘zaro tamoyili bo‘yicha bojxona to‘lovlarini joriy etishi Qo‘shma Shtatlar uchun iqtisodiy mustaqillikning boshlanishini anglatadi. Bu haqda mamlakat prezidenti Donald Trampning Oq uydagi atirgullar bog‘idagi chiqishida aytib o‘tdi.
"Men dunyoning barcha mamlakatlari uchun o‘zaro tariflarni joriy etish bo‘yicha tarixiy farmonni imzoladim. O‘zaro. Bu quyidagilarni anglatadi: ular bizga nima qilishsa, biz ham ularga shunday qilamiz. Bu juda oddiy. Bundan oddiyroq bo‘lishi mumkin emas", - dedi u. "Bu, mening fikrimcha, Amerika tarixidagi eng muhim kunlardan biri. Bu bizning iqtisodiy mustaqillik deklarasiyasimiz", - deya qo‘shimcha qildi Tramp.