Bugun 19 may, 2025 yil, dushanba

КИР

Tramp BMT, YUNESKO va JSSTga ajratiladigan mablag‘larni to‘xtatmoqchi

Tramp BMT, YUNESKO va JSSTga ajratiladigan mablag‘larni to‘xtatmoqchi

AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyati Amerikaning BMT, YUNESKO va JSSTga ajratadigan mablag‘larini to‘xtatishni taklif qilmoqda.

Bu haqda Oq uy tomonidan 2 may kuni e’lon qilingan AQShning 2026-moliya yili uchun federal byudjeti loyihasida aytilgan.

Hujjatda aytilishicha, Tramp ma’muriyati "BMT va boshqa xalqaro tashkilotlarga ixtiyoriy badallar"ni to‘xtatib, xarajatlarni 1,7 milliard dollarga qisqartirishni taklif qilmoqda. Xususan, bu BMT, YUNESKO va JSST byudjetlariga ajratiladigan badallarga tegishli.

Byudjet loyihasida ta’kidlanishicha, AQSh prezidenti o‘z xohishiga ko‘ra ushbu tashkilotlarga badallar to‘lash haqida buyruq berishi mumkin. Ushbu maqsadlar uchun “strategik investisiyalar”ni amalga oshirish uchun tashkil etilishi taklif etilayotgan 2,9 milliard dollarlik maxsus jamg‘armadan mablag‘ ajratish taklif etilmoqda.

Bundan tashqari, hujjatda “ziyon keltiruvchi tinchlikparvar missiyalar”ni, shu jumladan, BMT orqali moliyalashtirishdan bosh tortish orqali xarajatlarni 1,6 milliard dollarga qisqartirish taklif etiladi.

Kiritildi: 21:38 02.05.2025. O'qildi: 307 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!