Tramp prezidentlik saylovida g‘alaba qozonganidan so‘ng, u bilan bog‘liq jamg‘armalar 200 million dollardan ortiq mablag‘ yig‘di. Bu haqda The New York Times xabar berdi.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu mablag‘lar Donald Trampning siyosiy faoliyatini moliyalashtirish, uning inaugurasiyasi va prezidentlik kutubxonasini tashkil etishga sarflanadi. NYT shuningdek, ushbu summa Tramp tomonidan 2017 yilgi saylovdan so‘ng yig‘ilgan 107 million dollardan oshganini va ehtimol, bundan ham oshishini yozmoqda.