AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp Oq uydagi uchrashuvda amaldagi prezident Jo Bayden bilan suhbatda Ukrainadagi mojaro va Yaqin Sharqdagi vaziyatni muhokama qilganini aytdi.
Bu haqda Tramp New York Post nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Shu bilan birga, Tramp uning va Baydenning bu ikki mavzu bo‘yicha qarashlari bir-biriga mos kelmasligini ta’kidladi.
"Men uning Ukraina mojarosi haqidagi fikrlarini bilmoqchi edim va u men bilan o‘rtoqlashdi, biz Yaqin Sharqdagi vaziyat haqida ham batafsil gaplashdik, uning hozirgi vaziyat haqidagi fikrini tushunish men uchun muhim edi", - dedi Tramp.