AQShning Rossiya va Ukraina bilan tinch yo‘l bilan kelishuv bo‘yicha so‘nggi maslahatlashuvlari ijobiy bo‘ldi.
Bu haqda Amerika prezidenti Donald Tramp Oq uyda jurnalistlar savollariga javob berar ekan.
Undan Rossiya-Ukraina mojarosini hal qilish va Rossiyaning yangi hududlar ustidan nazoratini tan olish bilan bog‘liq vaziyatga izoh berish so‘ralgan.
"Yaqin uch kun ichida barcha tafsilotlarni aytaman, lekin biz Ukraina va Rossiya bilan juda yaxshi uchrashuvlar o‘tkazdik", — dedi davlat rahbari.