Qo‘shma Shtatlar Venesuela ustidagi havo maydonini tijorat aviasiyasi uchun ochadi.
Vashington rahbari Donald Tramp bu haqda vazirlar mahkamasi yig‘ilishida e’lon qildi.
"Men hozirgina Venesuela prezidenti Delsi Rodriges bilan gaplashdim va unga Venesuela ustidagi havo maydonini tijorat aviasiyasi uchun ochamiz, deb ma’lum qildim. Amerika fuqarolari tez orada Venesuelaga ucha oladilar va u yerda xavfsiz bo‘ladilar", dedi Tramp.
Shuningdek, u AQSh transport vaziri Shon Daffy va barcha vakolatli mansabdor shaxslarga, jumladan, harbiy xizmatchilarga kun oxiriga qadar Venesuela ustidagi havo maydonini samolyotlar uchun ochishni buyurdi.