Qo‘shma Shtatlar Eron bilan mojaroni hal qilgandan so‘ng "Kubaga qarashi" mumkin.
AQSh prezidenti Donald Tramp buni Oq uy oldida jurnalistlar bilan suhbatda ta’kidlagan.
"Biz bu [Eron] bilan shug‘ullanamiz va bu ishni tugatgandan so‘ng, Kubaga qarashimiz mumkin", dedi u.
Trampning so‘zlariga ko‘ra, Kuba ko‘p yillik yomon boshqaruv tufayli tanazzulga yuz tutmoqda.
Amerika rahbari Venesueladan neft yetkazib berish uzilishi ortidan Kuba hukumati va iqtisodiyoti qulashga yaqin ekanligini bir necha bor ta’kidlagan. 27 fevral kuni Tramp Qo‘shma Shtatlar "Kuba ustidan do‘stona nazorat o‘rnatishi" mumkinligini aytdi.
Keyinchalik Gavana va Vashington ikki tomonlama kelishmovchiliklarni hal qilish uchun muzokaralar olib borishdi. Kuba tenglik va ikkala mamlakatning siyosiy tizimlari va suverenitetini hurmat qilish asosida muloqot qilishga tayyorligini bildirdi.