AQSh prezidenti Donald Tramp Amerika delegasiyasi Eron bilan mojaroni hal qilish bo‘yicha muzokaralar olib borish uchun Dohaga yo‘l olayotganini tasdiqladi.
Tramp bu haqda Oq uyda jurnalistlarga shunday dedi.
"Ular Qatarga ketmoqdalar. Menimcha, ular allaqachon ketishgan yoki yaqin orada ketishadi", dedi Tramp.
U shuningdek, Qatar poytaxtida AQSH-Eron memorandumini amalga oshirish bo‘yicha bo‘lajak maslahatlashuvlar muhim bo‘lishi mumkinligini ta’kidladi.
"Dohadagi uchrashuv muhim bo‘lishi yoki bo‘lmasligi mumkin. Ko‘ramiz. Lekin biz harbiy jihatdan g‘alaba qozonmoqdamiz. Balki biz allaqachon g‘alaba qozonganmiz", dedi Amerika yetakchisi.
Avvalroq Eron Tashqi ishlar vazirligi vakili Esmail Bag‘ayi Eronning AQSh bilan biron bir darajada muzokaralar olib borish bo‘yicha yaqin orada rejalari yo‘qligini aytgan edi. Uning qo‘shimcha qilishicha, eronlik ekspertlar delegasiyasi kelishuvlarning amalga oshirilishini kuzatish uchun Dohaga boradi.