AQSh Eron bilan muzokaralar olib bormoqda va Tehron bu jarayonda o‘zini “yaxshi tutishi”ga umid qilmoqda. Bu haqda AQSh prezidenti Donald Tramp ma’lum qildi.
“Biz Eron bilan muzokaralar olib bormoqdamiz va umid qilamizki, Eron o‘zini yomon tutmaydi. Bizda ajoyib, juda yaxshi kemalar bor”, — dedi Tramp.
Isroilning Ynet nashri yozishicha, Ummonda o‘tkazilayotgan uchrashuvlar Isroil manfaatlariga mos kelmaydigan kelishuvga olib kelishi mumkinligi borasida xavotirlar mavjud.
Nashrga ko‘ra, muzokaralar faqat Vitkoff va Kushner hamda eronliklar o‘rtasida emas. Jarayonga Turkiya, Qatar, Saudiya Arabistoni va Misr ham jalb etilgan. “Prezident Trampga ko‘plab o‘yinchilar ta’sir ko‘rsatmoqda”, — deb yozadi Ynet.