"Men allaqachon Apple rahbari Tim Kukka AQShda sotiladigan iPhone'lar o‘z mamlakatimizda ishlab chiqarilishi va yig‘ilishi kerakligini aytganman, Hindistonda yoki boshqa joyda emas. Aks holda, Apple uchun “kamida 25 foiz” miqdorida tarif joriy qilinadi", — deb yozdi Donald Tramp Truth Social ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.
The Wall Street Journal'ning yozishicha, AQSh va Xitoy o‘rtasidagi savdo urushi boshlanishidan oldin Apple Qo‘shma Shtatlar bozori uchun ishlab chiqarishni Hindistonga ko‘chirgan edi. Biroq, eng daromadli yuqori toifadagi Pro va Pro Max modellari hanuzgacha Xitoyda ishlab chiqariladi. Apple ishlab chiqarishning bir qismini Qo‘shma Shtatlarga ko‘chirish imkoniyatini o‘rganmoqda, biroq WSJ bahosiga ko‘ra, bu jarayon bir necha yil olishi mumkin.