AQSh prezidentligiga nomzod Donald Tramp muhojirlar Amerika fuqarolari va polisiya xodimlarini o‘ldirgan taqdirda ularni qatl qilishga chaqirdi. Bu haqda u Koloradodagi tarafdorlari oldidagi chiqishida gapirdi, deb yozadi RIA Novosti .
«Amerika fuqarosi yoki huquq-tartibot xodimini o‘ldirgan har qanday muhojirni o‘lim jazosiga chaqiraman», dedi u.
Tramp, shuningdek, agar 5 noyabrdagi saylovda g‘alaba qozonsa, 1798 yilda qabul qilingan, ammo Ikkinchi jahon urushidan beri qo‘llanilmagan «Xorijiy dushmanlar to‘g‘risida»gi qonunni amalga oshirishga va’da berdi. Siyosatchining aytishicha, rasmiylar xorijiy guruhlarning barcha a’zolarini hech qanday sud jarayonisiz mamlakatdan chiqarib yuborishadi.