AQSh rahbari Donald Tramp mamlakatda qurol ishlab chiqarish jarayoni tezlashtirilishini ma’lum qildi. U bu haqda respublikachi qonun chiqaruvchilar oldida so‘zlagan nutqida aytib o‘tdi.
"Muammo shundaki, biz qurollarni yetarlicha tez ishlab chiqarmayapmiz. Biz ishlab chiqarish sur’atini ancha oshiramiz," deya ta’kidladi u.