Bugun 19 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Tramp 901 milliard dollarlik mudofaa byudjetini imzoladi

Tramp 901 milliard dollarlik mudofaa byudjetini imzoladi

AQSh prezidenti Donald Tramp 2026 yil uchun rekord darajadagi 901 milliard dollarlik harbiy byudjetni imzoladi.

Bu haqda Oq uy bayonotida ma’lum qilindi.

"Ushbu qonunchilik Urush departamentiga mening "Tinchlik orqali kuch" siyosatimni amalga oshirish, vatanni ichki va tashqi tahdidlardan himoya qilish va mudofaa sanoati bazasini mustahkamlash imkonini beradi", dedi prezident bayonotida.

17 dekabr kuni AQSh Kongressi qonun loyihasini ma’qulladi. Unda, jumladan, 2026 va 2027 yillarda Ukrainani qo‘llab-quvvatlash uchun 400 million dollar ajratilishi ko‘zda tutilgan. Qolaversa, qonun loyihasi Pentagon rahbarini Vakillar palatasi va Senatga Ukraina bilan razvedka ma’lumotlari almashinuvini vaqtincha to‘xtatib turish yoki to‘xtatish to‘g‘risida hisobot berishga majbur qiladi.

30 sentyabrda yakunlangan 2025-moliya yili uchun AQSh harbiy byudjeti 884 milliard dollarni tashkil etdi.

Kiritildi: Bugun 10:30. O'qildi: 253 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!