Bugun 9 may, 2025 yil, juma

КИР

Tramp 9 may kuni Moskvadagi paradga borishini inkor etdi

Tramp 9 may kuni Moskvadagi paradga borishini inkor etdi

Jurnalistlar Donald Trampdan 9 may kuni Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g‘alaba sharafiga Moskvadagi paradda qatnashish uchun borishni so‘rashdi.

AQSh prezidenti Donald Tramp "Yo‘q, bormayman!", – deb javob berdi, deya xabar beradi France 24 telekanalining Vashingtondagi muxbiri Freyzer Jekson.

Avvalroq Le Point nashri noma’lum manbalarga tayanib, Tramp Moskvadagi paradda qatnashishni rejalashtirayotgani haqida xabar bergan edi. Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Tramp va Putin 9 may kuni Moskvada Ukrainadagi mojaroni hal etish bo‘yicha kelishuvni nishonlaydilar, deyilgandi.

Keyinchalik Rossiyaning “RBK” nashri Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskovdan bunday kelishuv bormi, deb so‘raganida, u: "Yo‘q", – deb javob berdi.

Kiritildi: 19:48 22.02.2025. O'qildi: 1595 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!