AQSh prezidenti Donald Tramp 22 avgust kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uch tomonlama sammit o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Axios nashri ikki manbaga asoslanib xabar berdi.
Manbalarga ko‘ra, Trampning bu tashabbusi Putin va Zelenskiy bilan o‘tkazilgan telefon muloqotlari ortidan ilgari surilgan. Biroq Kreml hozircha uchrashuv o‘tkazishga qat’iy rozilik bildirmagan.
Reuters’ning qayd etishicha, Zelenskiy Donesk viloyatini Rossiyaga berish shartin rad etgan. Putin esa Tramp bilan muloqot chog‘‘ida Ukrainaga “xavfsizlik kafolatlari”ni muhokama qilishga tayyorligini bildirgan, ammo bunda Xitoyni ham kafil sifatida ko‘rishni taklif qilgan.
Axios manbalari ta’kidlaganidek, Rossiya prezidenti tinchlikka oid shart sifatida Ukrainaning sharqiy hududlaridan qo‘shinlarni olib chiqishni talab qilmoqda. U Doneskdan qo‘shinlar chiqarilishi evaziga Xerson va Zaporojye viloyatlaridagi hujumlarni to‘xtatishga tayyorligini bildirgan.
Shu bilan birga, Tramp 18 avgust kuni Oq uyda Zelenskiy bilan uchrashuv rejalashtirilgani va unga Yevropa davlatlari rahbarlari ham taklif etilgani ma’lum qilingan.