Bugun 21 aprel, 2026 yil, seshanba

КИР

Toyota kompaniyasi Indoneziyada bioetanol zavodi qurishni rejalashtirmoqda

Toyota kompaniyasi Indoneziyada bioetanol zavodi qurishni rejalashtirmoqda

Indoneziya hukumati va "Toyota Motor Asia" kompaniyasi mamlakatda bioetanol ishlab chiqarish bo‘yicha 300 million dollargacha bo‘lgan qo‘shma loyihani muhokama qilyapti. Rejaga ko‘ra, Sumatra orolida yiliga 60 000 kilolitr yoqilg‘i ishlab chiqaruvchi zavod va xomashyo uchun 6000 gektarlik sorgo plantasiyasi tashkil etiladi. Agar kelishuv amalga oshsa, qurilish ishlari 2026 yilning ikkinchi yarmida boshlanishi kutilmoqda.

Ushbu loyiha Indoneziyaning import yoqilg‘isiga qaramlikni kamaytirish va 2028 yilgacha benzin tarkibidagi bioetanol ulushini 10 foizga yetkazish strategiyasiga mos keladi. "Toyota" vakillarining ta’kidlashicha, kompaniya avtomobillari ushbu ekologik yoqilg‘idan foydalanishga tayyor bo‘ladi. Hozirda muzokaralar davom etmoqda va loyihaning texnik jihatlari Yaponiya tadqiqot assosiasiyalari ishtirokida ko‘rib chiqilyapti.

Kiritildi: Bugun 09:50. O'qildi: 263 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!