Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Tovush bug‘ilishining sabablari shamollash asoratimi?

Tovush bug‘ilishining sabablari shamollash asoratimi?

Muntazam ravishda, ayniqsa, stressli holatlarda ovozning bo‘g‘ilishi qalqonsimon bez faoliyatida muammolar borligidan darak beradi.

 Bundan tashqari, ovoz bo‘g‘ilishiga, yutinishning qiyinlashishi kabi holatlar ham qo‘shilsa, qalqonsimon bezning kattalashganini taxmin qilish mumkin. Ko‘pchilik bemorlar bu holatlarni shamollash deb o‘ylashadi va e’tibor berishmaydi. Aksincha bunga alohida e’tibor berish kerak.

Qalqonsimon bez faoliyatidagi o‘zgarishlar kuchli stress tufayli yoki immunitetning zaiflashishi, o‘smirlik yoki  homiladorlik yoki klimaks davridagi gormonal buzilishlar, surunkali yod yetishmasligi va nurlanish tufayli kelib chiqishi mumkin.

Asabiylashganingizda tovush bo‘g‘ilishi o‘zingizga ham sezilayotgan bo‘lsa, endokrinologga murojaat qiling. Ularning tavsiyasi bilan garmonlar tahlili uchun qon topshirish, albatta ultra tovush tekshiruvidan o‘tish lozim. Shifokorlar  zarur tahlillarni o‘tkazib, qalqonsimon bez holatiga baho beradilar. So‘ngra  tahlillarga ko‘ra davo choralari tayinlanadi.

Manba: gujum.uz

Kiritildi: 22:45 11.08.2019. O'qildi: 2051 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!