Bosh prokuratura tomonidan hududlarda yoqilg‘i-energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlarini fosh etishga qaratilgan nazorat tadbirlar o‘tkazilmoqda.
Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, o‘tkazilgan nazorat tadbirlari davomida “O.P.N.” MCHJ rahbari A.I. Navoiy shahridagi parranda yetishtirish binosida 3 dona “Innosilicon T3+” rusumli mayning va boshqa qurilmalarni o‘rnatib, 106,5 mln. so‘mlik elektr energiyasini talon-toroj qilgani aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan A.I.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “d” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, prosessual tartibida ushlangan