Bugun 7 aprel, 2026 yil, seshanba

КИР

“Toshshahartransxizmat”ga zararlarni qoplash uchun 18 mlrd so‘m ajratiladi

A A A
“Toshshahartransxizmat”ga zararlarni qoplash uchun 18 mlrd so‘m ajratiladi

Toshkent shahar hokimining “Toshshahartransxizmat” aksiyadorlik jamiyatiga mablag‘ ajratish to‘g‘risidagi qarori qabul qilindi.

Unga ko‘ra, “Toshshahartransxizmat” AJga respublika byudjetidan Toshkent shahar mahalliy byudjetiga ajratilgan ssuda mablag‘lari hisobidan Cheklangan tariflar bo‘yicha yo‘lovchilarni tashish xizmatlarini ko‘rsatish munosabati bilan shahar yo‘lovchi tashish transporti tashuvchilari ko‘radigan zararlarni qoplash xarajatlari uchun 18 milliard so‘m ajratiladi.

Poytaxt hokimining birinchi o‘rinbosari xalq deputatlari Toshkent shahar kengashining navbatdagi yig‘ilishiga ajratilgan mablag‘lar bo‘yicha hisobot kiritadi.

O‘z navbatida, “Toshshahartransxizmat” ajratilgan mablag‘larning o‘rnatilgan tartibda maqsadli sarflanishini ta’minlaydi.

Kiritildi: 16:39 12.07.2023. O'qildi: 1706 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!