Fuqaro H.Z. IIBga murojaat qilib, unda 2022 yilning 24 iyul kuni noma’lum shaxs Shodlik mahalla hududida qarovsiz qoldirilgan «Damas» rusumli avtomashinasi salonidan 8.260.000 so‘m pullarini yashirin ravishda o‘g‘irlab, hodisa joyidan yashiringanligini ma’lum qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Toshloq tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi (o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari davomida ushbu jinoyatni X.SH. sodir etganligi aniqlanib, prosessual tartibda ushlangan.