Bugun 7 aprel, 2026 yil, seshanba

КИР

Toshkentning uch tumanida yana “svet” vaqtincha o‘chiriladi

A A A
Toshkentning uch tumanida yana “svet” vaqtincha o‘chiriladi

Toshkent shahrining uch tumanida: Sergeli, Uchtepa, Mirzo Ulug‘bek tumanlarida elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Toshkent shahar filiali axborot xizmati xabar berdi.

Unga ko‘ra, iste’molchilarga elektr energiyasining sifatli va barqaror yetkazib berilishini ta’minlash hamda elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarning oldini olish, kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida ertaga, 12 iyul kuni quyidagi manzillarda elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi:

  • Sergeli tumani: “Qo‘shqo‘rg‘on” MFYning ayrim ko‘chalarida soat 10:00 dan soat 16:00 gacha;
  • Uchtepa tumani: “Tepaqo‘rg‘on” MFYning ayrim ko‘chalarida soat 09:00 dan soat 12:00 gacha;
  • Mirzo Ulug‘bek tumani: “Oltintepa” MFYning ayrim ko‘chalarida soat 10:00 dan soat 16:00 gacha.

Elektr ta’minotidagi mazkur vaqtinchalik uzilishlar tufayli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun ushbu hududlarda yashovchi iste’molchilardan uzr so‘ralgan.

Kiritildi: 03:15 12.07.2023. O'qildi: 1181 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!