Bugun, 12 iyul kuni soat 12:40 atrofida Toshkent shahri Shayxontohur tumanidagi "Ayni" podstansiyasining elektr qurilmasida nosozlik yuzaga keldi. Bu haqda “Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati Toshkent shahar filiali Matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, “Ayni” podstansiyasida yuzaga kelgan nosozlik oqibatida Toshkent shahrining Shayxontohur va Chilonzor tumanlari hududida yashovchi iste’molchilarning bir qismi elektr ta’minotidan uzilib qolgan.
“Hozirgi vaqtda nosozlikni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda. Keltirilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raymiz”, deyiladi xabarda.