Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida poytaxtning ayrim tumanlarida elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Toshkent shahar filiali axborot xizmati xabar berdi.
Unga ko‘ra, iste’molchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishini ta’minlash va elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarning oldini olish, kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida 11 iyul kuni quyidagi manzillarda elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi:
Yangihayot: “Jaloir” MFYning ayrim ko‘chalarida soat 10:00 dan 17:00 gacha;
Yashnobod: “Tovkentepa” MFYning Yangihayot ko‘chasida soat 10:00 dan 17:00 gacha;
Yunusobod: “Otchopar” MFYning ayrim ko‘chalarida soat 09:00 dan 17:00 gacha;
Yakkasaroy: “Konstitusiya” MFYning ayrim ko‘chalarida soat 10:00 dan 16:00 gacha.
Shuningdek, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Toshkent shahar filiali mazkur ta’mirlash ishlari tufayli elektr ta’minotidagi vaqtincha uzilishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun ushbu hududlarda yashovchi iste’molchilardan uzr so‘radi.