Bugun 7 may, 2024 yil, seshanba

КИР

Toshkentlik erkak 35 yoshli ayolni kattagina pulga chuv tushirdi

Toshkentlik erkak 35 yoshli ayolni kattagina pulga chuv tushirdi

7-oktyabr kuni Yunusobod tumani IIO FMBga kelib tushgan xabarga ko‘ra ma’lum bo‘lishicha, 2018 yilning sentyabr oyida 30 yoshli Sarvar A. 35 yoshli Diloromxon M.ning ishonchiga kirib, unga "Neksiya-3" avtomobilini bir yil davomida muddatli to‘lov sharti bilan 13 000 AQSh dollari evaziga xarid qilishni taklif qildi.

Sarvar Diloromni dastlabki to‘lov sifatida 4000 AQSh dollari to‘lashga ko‘ndirgan. Qolgan mablag‘ni esa yil davomida oyma-oy to‘lashga kelishishgan. Shundan so‘ng Sarvar internet orqali transport vositalarining arendasi haqidagi e’lon topib, "Neksiya-3" rusumli avtomobilni egasi bo‘lgan 27 yoshli Sarvarbek bilan mashinani 2 yil muddatga 19 200 AQSh dollari evaziga, har oy 800 AQSh dollari to‘lab xarid qilishga kelishgan. O‘tgan yilning oktyabr oyi boshida Sarvar transport vositasini o‘ziga va Diloromxonga boshqarish uchun huquq beruvchi notarial ishonchnoma rasmiylashtirgan. Shundan so‘ng Sarvar jabrlanuvchini bir yil ichida avtomobilni uning nomiga rasmiylashtirishni va’da qilib, undan 9 000 AQSh dollari olgan. Ammo Sarvar o‘z va’dasida turmadi va pullarni o‘z ehtiyojiga sarflab yubordi. Ushbu fakt asosida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi ("Firibgarlik") bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

Kiritildi: 14:27 12.10.2019. O'qildi: 2218 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!