Bugun 27 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Toshkentga bitta elektrobus keltirildi

Toshkentga bitta elektrobus keltirildi

Toshkentga bir dona elektrobus olib kelindi. Elektrobusni poytaxt jamoat transporti harakat tarkibida sinov tariqasida yurgizish rejalashtirilgan. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” AJ matbuot xizmati xabar qiladi.

Kompaniya xabariga ko‘ra, ushbu jamoat transporti “Toshshahartransxizmat” AJ va Belarusning «Belkommunmash» kompaniyasi o‘rtasidagi o‘zaro memorandumga asosan keltirildi.

Bunga qadar elektrobusni yo‘nalishga chiqarish bilan bog‘liq tashkiliy ishlar amalga oshirildi. Xususan, 2 ta joyda elektrobusni quvvatlash shaxobchalari o‘rnatildi.

"Yaqin kunlarda elektrobus qisqa masofali yo‘nalishlardan biriga biriktiriladi. Maxsus komissiya ushbu elektrobus bilan bog‘liq barcha holatlarni to‘liq o‘rganib chiqadi. Xususan, O‘zbekistonning issiq iqlimida elektrobusning harakatlanish imkoniyatlari, yo‘lovchilar sog‘ligiga uning ta’siri va boshqa jihatlar atroflicha tahlil qilinadi", deyiladi xabarda.

Kiritildi: 19:40 06.09.2019. O'qildi: 1701 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!