Toshkent shahridagi 3 ta AYOQShda avtobenzin davlat standart talablariga mos kelmaslik holati aniqlandi. Bu haqda “O‘zenergoinspeksiya” matbuot xizmati xabar berdi.
Yashnobod tumanida joylashgan “A.O.” va “O.O.” MCHJlarga qarashli 2 ta avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchasida sotilayotgan avtobenzindan namuna olinib, laboratoriya tahlillaridan o‘tkazilganda Ai-80 va Ai-92-markali avtobenzin davlat standart talablariga mos kelmasligi (sifatsiz) aniqlandi.
Bu kabi holat Yangihayot tumanida “F.G.S.” MCHJga qarashli AYOQShda ham neft mahsuloti sifatsiz ekanligi ma’lum bo‘ldi.
Mazkur holatlar yuzasidan qoidabuzarlikka yo‘l qo‘ygan ushbu AYOQShlarda kamchiliklar bartaraf etilgunga qadar birja savdolarida ishtirok etishi vaqtincha to‘xtatildi.