Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Toshkentdagi “skameyka”lardan qonli ignalar topilgani rostmi? (foto)

Toshkentdagi “skameyka”lardan qonli ignalar topilgani rostmi? (foto)

 

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahridagi o‘rindiqlarda OITS virusi bilan zararlangan qonli shpris ignalari qo‘yib ketilayotgani haqida xabarlar tarqaldi.
 
Bunday yolg‘on xabarlarni tarqatish kimga kerak bo‘lyapti bilmadikkuya, ammo bu holat Toshkent shahrida yuz bermagan. Biz aniqlagan ma’lumotlarga ko‘ra, Belarusning Soligorsk shahrida odamlar ishlatilgan shpris ignalarini o‘rindiqlarga qo‘yib ketyapti. Undagi qotgan qon haqiqatda ham OITS bilan zararlangani aniq emas.



Joriy yil 3 noyabr kuni Svyatoslav shahrida yashovchi Stanislav Kukresh ko‘chadagi o‘rindiqda igna topib olgan. Odam o‘rindiqqa o‘tirganda igna onsongina kirib ketishi mumkin. Stanislav jami 10 ta igna topgan.
Ta’kidlash kerakki, bu hol birinchi marta yuz bermagan. Shunga o‘xshash holatlar o‘tgan asrning oxiri va XXI asr boshida ham kuzatilgan.

Manba: qalampir.uz

Kiritildi: 19:40 09.11.2018. O'qildi: 6006 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!