Bugun 2 iyun, 2025 yil, dushanba

КИР

Toshkentdagi portlash poytaxt aeroporti faoliyatiga ta’sir qilmadi - Uzbekistan Airports

A A A
Toshkentdagi portlash poytaxt aeroporti faoliyatiga ta’sir qilmadi - Uzbekistan Airports

Toshkent shahrida 28 sentyabr tungi vaqtlarda ro‘y bergan portlash poytaxt aeroporti faoliyatiga ta’sir qilmadi. Bu haqda Uzbekistan Airports xabar bermoqda.

28 sentyabr kuni soat 02:43 da Toshkent shahrining Sergeli tumanida Inter Logistics kompaniyasi omborida kuchli portlash sodir bo‘lgan. Quruvchilar dahasida joylashgan omborxonalarning birida kuchli chaqnash oqibatida yong‘in sodir bo‘lgani to‘g‘risida FVBga xabar tushgan.

Shunga ko‘ra, 16 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji va 3 ta avtonarvon soat 02:48 da hodisa ro‘y bergan hududga yetib borgan.

Uzbekistan Airports ma’lumotiga ko‘ra, voqea poytaxt aeroporti faoliyatiga hech qanday ta’sir ko‘rsatmagan.

Qayd etilishicha, «Toshkent» xalqaro aeroporti cheklovlarsiz, odatiy rejimda ishlamoqda.

Kiritildi: 07:28 28.09.2023. O'qildi: 3066 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!