Bugun 22 noyabr, 2024 yil, juma

КИР

Toshkentdagi "itlar operasiyasi" borasida rasmiy ma’lumot berildi

Toshkentdagi "itlar operasiyasi" borasida rasmiy ma’lumot berildi

Bugun, 11 fevral kuni ayrim ijtimoiy tarmoqlarda Favqulodda vaziyatlar vazirligi Toshkent viloyatining Bo‘ka tumanida itlarni qo‘lga olish paytida shafqatsiz munosabatda bo‘lganlikda ayblangan video tarqaldi. Vazirlik bu borada rasmiy bayonot berdi.

"Vaziyat batafsil o‘rganib chiqilgan va shuni aytish kerakki, video muallifining ayblovlari asossiz va haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.

Bugungi kunda "quturish" kasalligi tarqalishining oldini olishga qaratilgan profilaktika tadbirlari doirasida, egasiz, uysiz itlar ushlanmoqda. Ushbu tadbir Ichki ishlar vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Veterinariya tibbiyoti va chorvachilikni rivojlantirish direksiyasi, Buka tumani hokimligi va Favqulodda vaziyatlar davlat xizmatiga kiruvchi boshqa xizmatlar vakillari bilan hamkorlikda o‘tkazildi.

Keling, ba’zi tafsilotlarga oydinlik kiritaylik. Video muallifi go‘yoki qonga botgan itlar haqida gapiradi, ammo bu videoda aks etmaydi. Bundan tashqari, video ostidagi tavsifda muallif ularning egasiz itlarni otishni rejalashtirganlarini ta’kidlaydi. Ammo bu ham isbotlanmagan. Aksincha, daydi itlar veterinariya ekspertizasi uchun ushlandi. Itlar 5 kun davomida Obodonlashtirish bo‘limida saqlanadi va agar shu vaqt ichida itlarning egalari bo‘lmasa, hayvonlar maxsus qarorgohlarga o‘tkazilib, to‘g‘ri parvarish qilinadi", deyiladi bayonotda.

Kiritildi: 17:23 11.02.2021. O'qildi: 2812 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!