Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, "Digital University" MCHJ 2022 yil 13 sentyabrda nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish uchun lisenziya olgan edi. Biroq, 2024 yil 10 oktyabrda sud qarori bilan ushbu lisenziya bekor qilindi.
Universitet lisenziya talab va shartlariga rioya qilmagani sababli bu chora ko‘rilgani qayd etilgan.