Avvalroq, ijtimoiy tarmoqlarda bog‘chada bola kaltaklanishi sabab oyog‘i singani aks etgan video tarqalib, keng muhokamalarga sabab bo‘lgan edi.
Holat yuzasidan Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi rasmiy munosabat bildirdi. Ma’lum qilinishicha, holat joriy yilning 22 yanvar kuni Sergeli tumanidagi "Solnishko" xususiy MTTda sodir bo‘lgan.
Unda tarbiyachi yordamchisi Y.M. tarbiyalanuvchi S.A.ni tinchlantirish maqsadida uni yuzlariga urib, tortganicha yotoqxonaga olib kirgan. Jarohat yetkazilishi oqibatida bolaning chap oyog‘i singan.
“Bolaga tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan va 16-sonli Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam shifoxonasiga yetkazilgan”.
Hozirda ushbu holat yuzasidan huquq-tartibot idoralari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilayotganligini bildiramiz,- deyiladi xabarda