Bugun 30 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

Toshkentdagi bir nechta ko‘cha yopiladi

Toshkentdagi bir nechta ko‘cha yopiladi

Joriy yilning 26 iyun kuni soat 17:00dan 27 iyun soat 18:00gacha «Gran-Pri Toshkent–2021» xalqaro karting musobaqasi o‘tkaziladi.

Poytaxt hokimligi xabariga ko‘ra, shu munosabat bilan shahardagi bir necha ko‘chalarda harakatlanish cheklanadi.

Ular:

Shahrisabz ko‘chasining Afrosiyob ko‘chasidan Amir Temur shohko‘chasigacha bo‘lgan qismi;

Amir Temur shohko‘chasining Islom Karimov shohko‘chasidan Shahrisabz ko‘chasigacha bo‘lgan qismi;

Yakub Kolas ko‘chasining Taras Shevchenko ko‘chasidan Amir Temur shohko‘chasigacha bo‘lgan qismi;

Taras Shevchenko ko‘chasining Islom Karimov shohko‘chasidan Shahrisabz ko‘chasigacha bo‘lgan qismi.

Ushbu yo‘l qismlaridagi tirbandliklarning oldini olish maqsadida haydovchilarga aylanma yo‘llardan foydalanish tavsiya qilingan.

Kiritildi: 15:28 24.06.2021. O'qildi: 2115 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!