Mamlakatimiz yoshlarining intellektual salohiyatini oshirishda muhim musobaqa bo‘lgan mazkur turnir bu yil uchinchi bor o‘tkazilmoqda.
Turnir finalida 4 ming nafardan ortiq ishtirokchilar orasidan eng kuchlilar bellashmoqda. Bu yil ham jahonning eng mashhur shaxmat ustalari “Zakovat-Gambit” shaxmat turniriga mehmon sifatida taklif etilganligi ayni mudao bo‘ldi.
Kecha 14-jahon chempioni, shaxmat olimpiadasining uch karra g‘olibi Vladimir Kramnik, ayollar o‘rtasida to‘rt karra jahon chempioni bo‘lgan xitoylik Xou Ifan turnir ishtiokchilari uchun master-klass va hayajonli shaxmat seanslarini o‘tkazishdi.
Bugun, 19 noyabr kuni “Zakovat-Gambit” shaxmat turnirining g‘olib va sovrindorlari aniqlanadi.