Ijtimoiy tarmoqda "IIB xodimi qoidani buzdi" sarlavhasi ostidagi video lavha tarqaldi. Video lavhada Ohangaron tumani hududida "NIVA 212300 55L" rusumli, 01 363 VSG davlat raqam belgili avtomobil haydovchisi qarama-qarshi yo‘nalishda yurib, temir yo‘l kesishmasi orqali harakatlanish qoidalarini buzganligi holati aks etgan.
Holat o‘rganildi va "NIVA 212300 55L" rusumli, 01 363 VSG davlat raqam belgili avtomobil biriktirilgan haydovchi O.S.ga nisbatan belgilangan tartibda ma’muriy bayonnoma tuzilib, BHMning o‘n baravari, ya’ni 2.450.000 so‘m miqdorida jarima jazosi belgilandi.