Transport vazirligi poytaxtda jamoat transporti tariflarining kutilayotgan o‘zgarishiga munosabat bildirdi.
Vazirlikka ko‘ra, amaldagi 1 700 so‘mlik tarif tashuvchilarning haqiqiy xarajatlarini qoplamaydi. Asosiy xarajatlar haydovchilar ish haqi, yoqilg‘i, elektr energiyasi, ehtiyot qismlar, ta’mirlash va to‘lov tizimlariga to‘g‘ri kelmoqda.
Tarif oshirilishi bilan tashuvchilar zimmasiga qatnovlar muntazamligi, intervalga rioya qilish, salon tozaligi va xizmat madaniyatini ta’minlash bo‘yicha talablar ham kuchaytiriladi.
☝️Ya’ni, tarif oshishi bilan xizmat sifatiga bo‘lgan talab ham oshadi.