Bugun 3 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Toshkentda YTHga uchragan BYD ikkiga bo‘linib ketdi

Toshkentda YTHga uchragan BYD ikkiga bo‘linib ketdi

Ikkala haydovchiga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatildi.

3 dekabr kuni ertalab Toshkent shahrida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Yo‘l harakati xavfsizligi inspeksiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, hodisa taxminan soat 10:25 da Olmazor tumani Kichik halqa yo‘lining bir qismida yuz berdi. To‘qnashuvda Hongi va BYD rusumli avtomobillar ishtirok etdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda tatqalgan kadrlarga ko‘ra mashinalardan biri tom ma’noda parchalanib ketgan, boshqa transport vositalari ham og‘ir shikastlangan.

YTH oqibatida ikkala haydovchi yengil tan jarohati olgan va ularga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatildi.

Hodisa joyida YHXB xodimlari va favqulodda vaziyatlar xizmati xodimlari ishlamoqda. Hodisaning barcha holatlari va sabablari aniqlanmoqda.

Kiritildi: Bugun 13:39. O'qildi: 348 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!